Buxoroda besh nafar ishchi kanalizatsiya kollektoriga tushib ketdi: uch nafarining jasadi topildi
Buxoroda besh nafar ishchi kanalizatsiya kollektoriga tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, hodisa 4-sentyabr kuni soat 12:00 atrofida sodir boʻlgan. “Fayz binokor Oltiariq” MCHJ xodimlari yangi uylarni markaziy kanalizatsiya tarmogʻiga ulash jarayonida kollektorga tushib ketgan. Ishchilarni kuchli suv oqimi olib ketgan.
Zarmanoq mahallasi hududidagi kanalizatsiya suvlari uzatish punktlari quvurlaridan uch ishchining jasadi topilgan. Qolgan ikki nafar ishchini qidirish ishlari davom etmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnat muhofazasi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring