Buxoroda anʼanaviy qovun sayli oʻtkazildi

Foto: Халқ сўзи
Buxoro shahrida anʼanaviy qovun sayli boʻlib oʻtdi. Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bu galgi tadbir dasturidan ehtiyojmand oilalar farzandlarining sunnat toʻylari ham oʻrin oldi. Favvoralar maydonida oltmish nafar bolajonga sarpolar ulashildi. Konsert dasturi namoyish etildi.
Qovun sayliga kelsak, unda Buxoro viloyatining barcha tumanlaridan kelgan 130dan ziyod fermer xoʻjaligi faol ishtirok etdi. Serquyosh zaminimizda yetishtirilgan 1 ming 215 tonna qovun va tarvuz, shuningdek, meva-sabzavotlar, asalarichilik mahsulotlari savdo-koʻrgazmasi tashkil qilindi.
— Qovun sayliga oilaviy keldik, — deydi oʻzini Qurbon Roʻziyev deb tanishtirgan yurtdoshimiz. — Bu yerdagi bayramona ruh kayfiyatimizga kayfiyat qoʻshdi. Shunday mazali, shirin qovun, tarvuzlarni yetishtirgan dehqonlarimiz baraka topishsin. Bizga mahsulotlar narxining nisbatan arzonligi ham maʼqul tushdi.
Aytish joizki, 1996-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan tadbirning bu galgisida koʻkcha, amiri, boʻrikalla, gulobi singari oʻttizga yaqin qovun navlari koʻrgazma-savdoga qoʻyildi. Ikki kun davom etgan tadbir yakunida faol qatnashchilar ragʻbatlantirildi. Romitan, Kogon, Vobkent, Gʻijduvon, Shofirkon, Buxoro, Qorakoʻl va Qorovulbozor tumanlariga zamonaviy muzlatgich va televizorlar topshirildi. Fermer xoʻjaliklari oʻrtasida esa birinchi oʻringa Peshku tumanidagi “Sulton Ali Rahmat intensiv bogʻ qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Ismoil Boʻronov munosib deb topildi va unga “Lochin” yuk tashish mototsikli tuhfa qilindi.
Tadbirda Buxoro viloyat hokimi B. Zaripov ishtirok etdi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring