Buxoroda ayyom shukuhi
Mahalla hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi vakillarining soʻroqlab kelishlaridan yakka-yolgʻiz yashovchi Fayziya Haydarova suyunib ketdi. Keksa onaxon mehmonlarni mahalla yettiligi koʻmagida taʼmirdan chiqarilgan shinamgina uyida kutib oldi. Xayrlashar chogʻda esa “Faol hayotga qadam” dasturi asosida koʻrsatilgan yordam tufayli kuz-qish mavsumini sogʻ-salomat oʻtkazganini aytarkan, yurtga omonlik tilab duoga qoʻl ochdi. Vobkent tuman markazida yashovchi onaxonga hayitlik, deya bir million soʻm miqdorida moddiy yordam koʻrsatildi. Maʼlumotlarga koʻra, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, Buxoro viloyatida muborak Ramazon oyida Fayziya aya kabi yakka-yolgʻiz, ehtiyojmand 31 mingdan ziyod kishiga moddiy koʻmak berildi.
— Turli korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar tomonidan qilingan xayr-u saxovatni-ku aytmay qoʻya qolaylik, — deydi Olot tumanidagi “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi raisi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Muborak Qalandarova. — Ramazon hayiti hamda Navroʻz ayyomi kunlarida amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu amallar yurtimizda “Inson qadri uchun” degan tamoyil mustahkam qaror topganidan, barcha-barchaga bayram quvonchi ulashilayotganidan dalolat beradi.
Navroʻz ayyomiga bagʻishlangan asosiy tadbir esa odatdagidek, “Koʻhna va boqiy Buxoro” majmuasida boʻlib oʻtdi. Xalq saylida qadriyatlarimiz tarannum etilgan kuy-qoʻshiqlar yangradi, sahna koʻrinishlari namoyish qilindi. Dasturxonga bahor taomlari tortildi. Hunarmandlar koʻrgazmasi uyushtirildi. Sayl unda qatnashgan shahar mehmonlari, xorijiy sayyohlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring