Buxoroda 5 yoshida yoʻqolgan bola oradan 2 yil oʻtib topildi

19:45 17 May 2021 Jamiyat
15355 0

Fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro viloyati Romitan tumanlararo sudining 2019-yil 30-oktyabrdagi 2014-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan Muhiddinov Amirxonni qarzdor fuqaro R.Abidovdan undiruvchi fuqaro L.Nurulloyeva tarbiyasiga majburiy tartibda olib berish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 2019-yil 5-noyabrda Byuroning Jondor tumani boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

– Majburiy ijro harakatlari davomida olib berilishi lozim boʻlgan bolaning turar joyi haqida maʼlumotlar boʻlmaganligi va otasi hamrohligida Rossiya davlatiga chiqib ketganligi aniqlangan, – deydi MIB Buxoro viloyati boshqarmasi qidiruv shoʻbasi inspektori Anvar Salimov. – MIB Jondor tumani boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan voyaga yetmagan A.Muhiddinovga qidiruv eʼlon qilingan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida voyaga yetmagan A.Muhiddinov Rossiya davlatidan topildi. Oʻzbekistonga olib kelindi va onasi fuqaro L.Nurullayevaga qaytarildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?