Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
Foto: DXX
Buxoro viloyatida 343 gramm simob moddasini 35 ming dollarga sotgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXXning Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda Buxoro shahrida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan shaxs va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1984-yilda tugʻilgan fuqaro oʻzaro til biriktirib, mamlakatimizda erkin sotilishi taqiqlangan, 3 dona flakonda boʻlgan jami 343 gr simob moddasini 35 ming dollarga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-1-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring