Buxoroda 23 mingdan ziyod temir-beton tayanchlar ishlab chiqariladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali mehnat samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorlikka erishish har bir korxona uchun ustuvor vazifa sanaladi. “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida shu vazifa ijrosi yoʻlida salmoqli ishlar amalga oshirilyapti.
Xususan, aksiyadorlik jamiyati tomonidan temir – beton tayanch ishlab chiqarish korxonasining ishga tushirilgani ayni muddao boʻldi. Negaki, ilgari bunday tayanch ustunlar qoʻshni viloyatlardan maʼlum bir miqdorda tashib keltirilar, oqibatda mahsulot tannarxi qimmatlashardi.
— Hozir bizda elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yetti turdagi materiallar tayyorlanmoqda, — deydi mazkur korxona ishlab chiqarish sexi boshligʻi Mizrob Esanov.
—Bu esa dastur asosida amalga oshirilishi lozim boʻlgan modernizatsiya tadbirlarini oʻz vaqtida bajarish imkonini bermoqda. Taʼminot borasidagi qiyinchiliklarga chek qoʻyildi. 25 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Yangi korxonaning afzalligi yana bir jihatda koʻrinmoqda. Ilgari viloyat boʻyicha yiliga 2500-3000 tagacha temir - beton tayanchlari oʻrnatilgan, xolos. Vaholanki, zavod ish boshlagan 2021-yilda 10 mingtadan ziyod mustahkam temir-beton tayanchlari ishlab chiqarilib, ulardan shahar va qishloqlarda elektr uzatish tarmoqlarini barpo etishda foydalanildi.
Hisob — kitoblarga qaraganda, elektr uzatish tarmoqlari barpo etish uchun joriy yilda 23 mingtadan ziyod tayanch ustunlarga ehtiyoj bor. Shuni inobatga olib, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan zavod faoliyatini kengaytirish tadbirlari koʻrilmoqda.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring