Buxoro viloyatida senator yoshlar bilan uchrashdi
Buxoro davlat pedagogika institutida Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarda davlat siyosatining mazmun-mohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari, imkoniyat va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari borasida toʻlaqonli tasavvur hosil qilish, ularning fikr-mulohazalarini eshitish hamda yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat boʻldi.
Senator yoshlar masalasi mamlakatimizda ustuvor yoʻnalishlardan biri ekanini taʼkidlab, taʼlim, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida toʻxtaldi.
Xususan, Buxoro viloyatida yoshlar uchun yaratilayotgan oʻquv-ilmiy sharoitlar, grant va stipendiyalar tizimi, “Yoshlar daftari” orqali berilayotgan koʻmak, shuningdek, mahalliy loyihalar doirasidagi yangi tashabbuslar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Tadbir davomida senator yoshlarning savollariga javob berdi. Muloqot jarayonida yoshlar taʼlim sifati, amaliyot tizimi, turar joy masalasi, yangi ish oʻrinlari, startaplarni qoʻllab-quvvatlash, IT yoʻnalishidagi imkoniyatlar va madaniy-maʼrifiy loyihalar yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi.
Tadbir yakunida yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish, oʻz ustida muntazam ishlash, ilm-fan, innovatsiya va tadbirkorlik sohalarida faol boʻlish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring