Buxoro shahrida ikkita piyodalar yer osti oʻtish yoʻli foydalanishga topshirildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Mamlakatimizning yirik shaharlarida boʻlgani kabi Buxoroda ham yoʻllarning tirbandligi dolzarb masalaga aylanib boryapti. Deylik, shaharning xalq tilida “Vokzal” deb ataluvchi manzili chorrahasi kuniga 15 mingtacha avtomobil oʻtkazish quvvatiga ega. Avtomobil vositalarining keskin koʻpayib borayotgani hisobiga bu yoʻldan kuniga 30 mingtagacha avtoulov harakatlanayotgani kuzatilyapti.

Piyodalar yer osti oʻtish yoʻllari barpo etishga muammoning yechimi sifatida qaramayapti. Aynan shu manzilda bayram arafasida “Buxoro yoʻllardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi tomonidan uzunligi 36 metr, kengligi 4 metr, balandligi 2,5 metr boʻlgan zamonaviy koʻrinishdagi yer osti yoʻli qurilib foydalanishga topshirildi. Tunnelni bunyod etish uchun 6,9 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Oʻziga xos arxitektura asariga mengzash mumkin boʻlgan bu inshoot devorida koʻhna Buxoro manzaralari aks ettirilgan. Kechayu kunduzi yop-yorugʻ yoʻlda kuzatuv kameralari ham oʻrnatilgan. Bu inshoot yoʻldagi tirbandlikni kamaytirishda, avtomobillar yoqilgʻisi sarfini kamaytirishda, eng muhimi, piyodalar xavfsizligini taʼminlashda qoʻl keladi.

Eʼtiborlisi, shaharning tirbandliklar kuzatilayotgan yana bir manzili — respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali oldida ham xuddi shunday yer osti piyodalar oʻtish yoʻli foydalanishga topshirildi. Bunga qadar esa shaharga kiraverishdagi Rabotak aholi punktidagi magistral yoʻlda, shuningdek, odamlar bilan gavjum “Karvon bozori” yoqasida ham shunday inshootlar barpo etilgan edi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring