“Buxoro shahri – Yetti pir ziyoratgohlari” yoʻnalishi boʻylab transport qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda

20:11 19 Avgust 2020 Welcome to uzbekistan
5279 0

Joriy yilning 22-avgust kunidan boshlab, Buxoro shahri Gazli shossesi yoʻli yoqasida joylashgan “Sharq” bosh bekatidan soat 09-00 dan eʼtiboran karantin talablari boʻyicha belgilangan barcha sanitariya-gigiyena meʼyorlarga amal qilgan holda “Buxoro shahri - Yetti pir ziyoratgohlari” yoʻnalishida transport qatnovi boshlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur yoʻnalishda “ARK TRAVEL” MCHJ korxonasi oʻzining zamonaviy avtobus va mikroavtobuslarida qatnovlarni amalga oshiradi.

Ushbu yoʻnalishdagi qatnov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 29-30-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilish bayonining “Buxoro shahri – Yetti pir ziyoratgohlari” yoʻnalishida transport qatnovini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida berilgan topshiriq ijrosini taʼminlash, viloyatning turizm sohasini yana-da rivojlantirish hamda sayyohlar va viloyat aholisiga sifatli transport xizmati koʻrsatish maqsadida Buxoro viloyati transport boshqarmasi tomonidan yoʻlga qoʻyilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер