Buxoro, Navoiy va Fargʻonada “valyutchik”lar ushlandi
Buxoro, Navoiy va Fargʻona viloyatlarida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Buxoro shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.X. fuqaro M.R.dan 350 ming rublni 54,2 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari Konimex tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar E.R. va A.T. fuqaro G.M.ga 4 ming dollarni 52 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Margʻilon shahridagi shu kabi tadbirda esa fuqarolar U.X. va O.T. fuqaro S.U.ga 3,5 ming dollarni 44,2 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Taʼkidlanishicha, mazkur holatlar yuzasidan hozirda Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring