Buxoro FVBda qator tayinlovlar amalga oshirildi

20:31 09 Avgust 2025 Jamiyat
263 0

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan kapitan Rustamov Toʻlqin Toʻrayevich Buxoro shahar FVB boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar kapitan Toʻlqin Rustamov Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani FVB boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, FVV rahbarining tegishli buyrugʻi bilan kapitan Hamidov Nodirjon Gʻulomjonovich Buxoro viloyati FVB Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi boshligʻi etib tayinlangan. Kapitan Nodirjon Hamidov mazkur tayinlovga qadar viloyatning Qorovulbozor tumani FVB Tezkor boʻlinma boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Vazir Botir Qudratxoʻjayevning tegishli buyrugʻi bilan podpolkovnik Xudoyberdiyev Baxtiyor Mahmudovich Qorovulbozor tumani FVB boshligʻi etib tayinlangan. Tayinlovga qadar u Buxoro shahar FVB boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер