Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Iqtisodiyot fakultetida “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.
Mazkur anjumanda dastlab bugungi kunda iqtisodiyot sohasidagi yangilanishlar, xalqaro tajribalar, taʼlimdagi oʻzgarishlar mohiyati haqida soʻz bordi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliyaviy tahlil va audit” kafedrasi professori Bahodir Hasanov “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida hisob va tahlil tizimini takomillashtirish” mavzusida maʼruza qildi. Bu borada erishilgan yutuqlar bilan birga, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar haqida ham gapirib oʻtdi.
Shundan soʻng, oʻzining muallifligidagi kitoblarni hamda eng sara badiiy asarlarni institut va fakultet rahbariyatiga, kafedralarga tuhfa qildi.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari muhokamasiga bagʻishlangan ushbu anjumanda maʼruzalar va ularning muhokamalari shuʼbalarda ham davom ettirildi.
Shohsanam YOʻLDOSHEVA,
OʻzDJTU talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring