Bugungi Qoʻqonning jamoli
Qoʻqon shahrining markaziy koʻchalarida zamonaviy mezonlar asosida bezash hamda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Latif shaharning Turkiston, Yangi chorsu, Alisher Navoiy, Usmon Nosir, Forobiy nomi bilan ataladigan koʻchalarini ziynatlash uchun birgina “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 3 milliard soʻm mablagʻ ajratildi. Bundan tashqari, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan tungi illyuminatsiyalar oʻrnatilmoqda.


— Koʻhna kentimiz soʻnggi yillarda turli festival va nufuzli xalqaro anjumanlar markaziga aylandi, — deydi Qoʻqon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boʻlim boshligʻi Akmaljon Haydarov. — Bu kabi saʼy-harakatlar mahalliy va xorijlik sayyohlarga yanada qulay muhit yaratib, xushkayfiyat ulashishga qaratilgan.


Taʼkidlash oʻrinliki, endilikda tarixiy Oʻrda maydoni tasviriy sanʼat ustalarining ochiq osmon ostidagi ijod maskaniga aylanadi. Qoʻqon art-rezidensiyasi rassom va musavvirlarga erkin ijod qilishi uchun katta imkoniyatlar yaratiladi. Ijodkorlar tomonidan ochiq havoda mahorat darslari oʻtkaziladi hamda toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring