Bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 28 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda

12:56 31 May 2022 Jamiyat
871 0

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonining huquqiy asoslarini taʼminlashda parlament aʼzolarining qonun ijodkorligi yoʻnalishidagi faoliyatini yanada jonlantirish muhim. 

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri N. Ismoilov yalpi majlisdagi kirish nutqida taʼkidlab oʻtdi.

Xususan, bugungi kunda quyi palataning koʻrib chiqishida jami 28 ta qonun loyihasi boʻlib, ulardan 5 tasi birinchi oʻqishga, 18 tasi esa ikkinchi oʻqishga tayyorlanmoqda.

Shuningdek, Spiker oʻz nutqida parlament quyi palatasida koʻrib chiqilishi rejalashtirilayotgan “Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasiga toʻxtalib oʻtdi.

Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq eng muhim masalalarni hal etishga qaratilgan boʻlib, bugungi kunda qonun loyihasini quyi palataning navbatdagi majlislarida koʻrib chiqish uchun barcha zarur maʼlumotlarni yigʻish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?