Bugundan Toshkentdagi ayrim koʻchalar 12 kunga yopildi
Bugun, 8-oktyabrdan boshlab Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek hamda Yashnobod tumanlaridan oʻtuvchi yoʻllarning maʼlum bir qismida avtomobil harakati cheklanadi. Bu haqida poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek hamda Yashnobod tumanlari hududidan oʻtuvchi Yangi Oʻzbekiston koʻchasi (Ohangaron shossesidan D012 Avtomobil yoʻligacha), Jasorat koʻchasi va Doʻstlik koʻchalaridagi Avtomobil yoʻlining yuqori qatlamiga PSHMA-20 turdagi asfalt-beton qoplamasi yotqizilishi munosabati bilan yopiladi.
Mazkur taʼmirlash ishlari sababli, yuqorida keltirilgan koʻchalar bugun, 8-oktyabr kunidan boshlab 20-oktyabr kunigacha transport vositalari harakati uchun yopiq boʻladi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring