Bugundan metan “zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yuritishni boshlaydi
Bugun, 8-yanvardan boshlab metan “zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yurishni boshlaydi. Bu haqida Energetika vazirligi maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz barqaror taʼminlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
Fargʻona vodiysida ham metan “zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
“Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz (yoqilgʻi) bilan uzluksiz taʼminlash. Yaʼni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Energetika vazirligi ushbu zaruriy choralar vaqtincha boʻlib, gaz bosimini meʼyorga keltirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilayotganini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring