Bugun Prezident tadbirkorlarga davlat mukofotlarini topshiradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlagan edi. Davlat rahbari bugun, 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazadi va ularning bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi.
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi ilk uchrashuvi 2021-yil 20-avgustida oʻtkazilgan edi. Oʻsha uchrashuvda davlatimiz rahbari bunday tadbirni har yili oʻtkazish va 20-avgustni Tadbirkorlar kuni deb eʼlon qilishni taklif qilgandi.
Shundan buyon uchrashuvlar anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinayotgani, ularda tadbirkorlarni oʻylantirayotgan masalalar muhokama qilinayotgani va ular bilan maslahatlashgan holda qarorlar qabul qilinayotgani Prezidentimizning tadbirkorlik sohasiga qaratayotgan alohida eʼtiborning yorqin ifodasi boʻlib kelmoqda.
Shu kungacha ochiq muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 1 mingga yaqin taklif va tashabbuslar qonun va qarorlarda oʻz aksini topdi. Bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. “Koll-markaz” orqali 13 mingdan ziyod murojaat va tashabbuslar kelib tushdi.
Bugungi uchrashuvda davlatimiz rahbari ushbu murojaatlarni oʻrganish asosida ishlab chiqilgan hamda tadbirkorlik faoliyatiga yanada koʻp qulaylik yaratishga qaratilgan yangi yechimlarni ilgari surishi kutilmoqda.
Davlatimiz rahbari Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring