Bugun Parijda XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi

15:51 28 Avgust 2024 Sport
255 0

Fransiya poytaxtida XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi bugun boʻlib oʻtadi. Bu haqda Paralimpiya qoʻmitasi maʼlum qildi.

Xabar qilinishicha, marosim Parij shahrining qoq markazida joylashgan Konkord va Yelisey maydonlarida oʻtkaziladi. Tantanali tadbir Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi va Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Eslatib oʻtamiz, “Parij-2024” yozgi Paralimpiya oʻyinlarida dunyoning 184 ta mamlakatidan 4 ming 400 nafar eng kuchli para atletlar 22 ta para sport turida 549 ta medallar jamlanmasi uchun oʻzaro kurash olib boradi.

Qayd etish kerakki, Para atletlarimiz yozgi Paralimpiada oʻyinlariga 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziyani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Avvalroq, Makkada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер