Bugun Oʻzbekistonda 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlari ishga tushiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentimiz energetika sohasida erishilayotgan katta yutuq va marralarda salohiyatli investorlar va ishonchli sheriklarimizning beqiyos hissasi borligini qayd etdi.
Davlatimiz rahbari yurtimizga katta sarmoya kiritayotgan va eng ilgʻor texnologiyalarni olib kelayotgan hamkor mamlakatlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Saudiyaning “ACWA Power”, Turkiyaning “AKSA”, “Cengiz Enerji”, Amirliklarning “Masdar”, Xitoyning “China Energy”, “Datang”, “Sinoma”, “Poly”, “CNTIC”, “Eagle Rise”, Fransiyaning “EDF”, “Voltalia”, “Total Energies”, Germaniyaning “Siemens Energy” va Qatarning “Nebras” kompaniyalariga, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa moliya institutlari vakillariga chuqur tashakkur izhor etildi.
Marosimda qariyb 11 milliard dollarlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlari ishga tushiriladi, yana 21 ta yangi loyiha qurilishiga start beriladi.
Xususan, hududlarimizda jami 3 ming 500 megavattli 16 ta quyosh, shamol, issiqlik va gidro stansiya foydalanishga topshiriladi. Ular toʻliq quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 15 milliard kilovatt-soat elektr generatsiya boʻladi. Natijada kelgusi yilda “yashil” energiya ishlab chiqarish hajmini 23 milliard kilovatt-soatga yetkaziladi.
“Eʼtibor bering, bu – Oʻzbekiston aholisining yillik elektr energiya isteʼmoli toʻliq qoplanadi, deganidir”, dedi Prezidentimiz.
Eng muhimi, “toza” energiya hisobiga tabiiy gaz sarfi salkam 7 milliard kub metrga kamayadi. Atmosferaga 11 million tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi.
1 ming 245 megavattli 10 ta energiya saqlash tizimi ham ishga tushirilmoqda. Bu energiya eng koʻp isteʼmol qilinadigan tigʻiz vaqtlarda qoʻshimcha 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi.
Foydalanishga topshirilayotgan 11 ta yirik podstansiya va 420 kilometr yuqori kuchlanishli tarmoqlar tizimning barqaror ishlashiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring