Bugun hamyurtimiz Ramazon Temirov UFC turnirida navbatdagi jangini oʻtkazadi
Bugun hamyurtimiz Ramazon Temirov UFC turnirida navbatdagi jangini oʻtkazadi
Bugun, 1-mart kuni super yengil vazn toifasidagi oʻzbekistonlik jangchi Ramazon Temirov AQSHning Las-Vegas shahrida “UFC Fight Night 253” turnirida navbatdagi jangini oʻtkazadi. Hamyurtimizga ushbu vazn toifasida 12-oʻrinni egallab turgan amerikalik Charles Jonson raqiblik qiladi.
28-fevral kuni har ikkala jangchi vazn oʻlchash hamda “face to face” marosimida ishtirok etdi. Tomonlar vazn meʼyorini bajardi va jang oʻz kuchida qoldi.
Maʼlumki, Ramazon Temirov oʻzining debyut jangini 12-oktyabr kuni “UFC Fight Night 244” turniri doirasida amerikalik Sijey Vergaraga qarshi oʻtkazib, muddatidan avval gʻalaba qozongan edi.
Temirovning bu galgi raqibi 33 yoshli Charles Jonson shu vaqtga qadar MMA turnirlarida 25 ta jang oʻtkazib, 17 ta gʻalaba va 8 ta magʻlubiyat qayd etgan. Oxirgi jangini 19-oktyabr kuni “UFC Fight Night 245” turniri doirasida xitoylik Su Mudayerjiga qarshi oʻtkazib, hakamlar qaroriga koʻra gʻalabaga erishgan.
Maʼlumot uchun, “UFC Fight Night 253” turniri 1-martdan 2-martga oʻtar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring