Bugun chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoniga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni
Bugun, 31-yanvar kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoniga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 2026-yilning 1 yarmida boʻlib oʻtadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida oʻtkaziladi. Ingliz, nemis, fransuz, arab, turk, koreys, urdu, pushtu tillaridan imtihonga roʻyxatdan oʻtish jarayoni bugun, 31-yanvar kunining yakuniga qadar davom etdi.
Shuningdek, toʻlov qilish 1-fevralga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Test sinovlari 14-15-fevral kunlari oʻtkaziladi. Chet tili imtihoni uchun talabgorlar “my.gov.uz” sayti orqali onlayn tarzda roʻyxatga olinadi.
Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin boʻladi. Eslatib oʻtamiz, endilikda B1 darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga chet tilidan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring