Bugun abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlanadi
Bugun, 2025-yil 25-iyun kuni Oʻzbekistonda oliy va professional taʼlim muassasalariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlanadi. Taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda professional taʼlim muassasalariga hujjat topshirish istagida boʻlgan abituriyentlar uchun bu soʻnggi imkoniyat hisoblanadi.
Maʼlum qilinishicha, bugun soat 23:59 ga qadar abituriyentlar “my.uzbmb.uz” platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Shu bilan birga, toʻlov amalga oshirilgan boʻlsa ham, maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritish imkoni mavjud. Eslatib oʻtamiz, 26-iyundan boshlab tizim orqali maʼlumotlarni tahrirlash imkoniyati butunlay yopiladi.
Abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishni oxirgi daqiqalarga qoldirmaslik tavsiya etilmoqda. Ayniqsa, fanlar majmuasi va ularning ketma-ketligi, taʼlim tili hamda test topshirish hududi tanlanayotganda xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik muhimdir. Shuningdek, xalqaro sertifikatlari bor abituriyentlar ularni tizimga imkon qadar ertaroq yuklab qoʻyishlari zarur.
Test sinovlari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish ham talab etiladi. Imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar bundan mustasno. Kiritilgan barcha maʼlumotlar va toʻlov holatini esa shaxsiy kabinet orqali (qayd varaqasi) tekshirib chiqish lozim.
Mutasaddilar abituriyentlarga rasmiy sahifalar orqali yangilik va maʼlumotlarni doimiy kuzatib borishni tavsiya etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring