“Budapeshtdan gapiramiz”: Bugun Oʻzbekiston Isroil va Niderlandiyaga qarshi jang qiladi
Vengriya poytaxti Budapeshtda 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. 6-turda erkaklar terma jamoamiz Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, ayollar terma jamoamiz esa Niderlandiyaga qarshi bahs yuritadi.
Qayd etish kerakki, 5-tur doirasida yigitlarimiz Moldova, qizlarimiz esa Gruziya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Erkaklar terma jamoamiz 3,5 : 0,5 hisobida gʻalaba qozonishdi. Qizlarimiz esa musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan juda kuchli terma jamoa Gruziyaga 1,5 : 2,5 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Erkaklar:
Oʻzbekiston — Moldova 3,5 : 0,5
Nodirbek Abdusattorov — Ivan Schitso 1:0
Nodirbek Yakubboyev — Jegor Lashkin 0,5 : 0,5
Javohir Sindarov — Viktor Bologan 1:0
Shamsiddin Vohidov — Viorel Iordachesku 1:0
Ayollar:
Oʻzbekiston — Gruziya 1,5 : 2,5
Afruza Hamdamova — Nana Dzagnidze 0,5 : 0,5
Nilufar Yakubboyeva — Lela Javakshvili 0,5 : 0,5
Umida Omonova — Nino Batsiashvili 0,5 : 0,5
Marjona Malikova — Bella Xotenashvili 0:1
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring