Budapesht “Katta dubulgʻa” turnirida kurashadigan dzyudochilarimiz tarkibi maʼlum

11:35 05 Iyul 2022 Sport
870 0

Joriy yil 8 — 10-iyul kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi yana bir nufuzli turnir boʻlib oʻtadi. Unda butun dunyodan tashrif buyuradigan 66 mamlakat orasida hamyurtlarimiz ham medallar uchun kurash olib borishadi.

Qayd etish joiz, Islom birdamligi oʻyinlariga tayyorlanayotgan asosiy tarkibimiz kuni kecha Gruziyada navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi. Murabbiylar shtabi Budapesht turniriga ikkinchi tarkib vakillarini jalb etgan. Shunday boʻlsa ham ular orasida Hikmatilloh Toʻrayev, Shahram Ahadov kabi nomlarni uchratish mumkin. Toʻliq tarkib:

-60 kg: Mirzohid Mahamadjonov
-66 kg: Rahimjon Subxonov
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Hikmatilloh Toʻrayev
-81 kg: Muso Sobirov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
-70 kg: Nodira Yoʻldosheva.

Eslatib oʻtamiz, mazkur musobaqada jahon reytingi qatori Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari uchun ham qimmatli reyting ochkolari oʻynaladi. Jamoamiz ertaga Budapesht shahriga yoʻl oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?