Bu turnir Messi uchun oxirgisi boʻladi. Futbolchining oʻzi buni tasdiqladi

15:45 12 Iyul 2024 Sport
277 0

Foto: Goal.com

Futbol yulduzi, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi “Copa America – 2024” sportchi uchun soʻnggisi boʻlishini aytib oʻtdi. U bu haqda “Mundo Deportivo” nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Bu Argentina uchun qiyin Amerika kubogi boʻldi, jamoalarning tarkibi teng. AQSHdagi musobaqada maydonlar juda yomon, havo harorati esa juda baland. Men uchun bu oxirgi Amerika kubogi. Biz Di Mariya va Otamendi bilan birga 2-yil oldin soʻnggi Jahon chempionatimizda toʻp tepgan edik, hozir esa birgalikda oxirgi oʻyinlarimizni oʻynayapmiz va bundan toʻla zavq olyapmiz”, degan Messi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, amaldagi Jahon chempionlari “Copa America”ning finalida Xames Rodregez boshchiligidagi Kolumbiya bilan bahs olib boradi.

Qayd etish kerakki, Messi yarim finalda Kanada terma jamoasiga urgan goli bilan milliy terma jamoalar oʻrtasidagi rasmiy uchrashuvlarda eng koʻp gol urgan ikkinchi futbolchiga aylangandi. Argentinalik hisobida 109 ta gol bor va u eronlik Ali Dayeidan oʻtib ketdi. Roʻyxatni esa Krishtianu Ronaldu boshqarib bormoqda.

Avvalroq Yurgen Klopp AQSH terma jamoasini boshqarishi mumkinligini haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер