Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi — Prezident

Shavkat Mirziyoyev kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida soha uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Qayd etilishicha, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.
“Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi. Buncha katta mablagʻ ilgari hech qachon boʻlmagan”, dedi davlatimiz rahbari.
Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion soʻmlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion soʻm yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yoʻnaltiriladi.
Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon boʻladi.
“Uy-roʻzgʻor va farzand tarbiyasidan ortib, tadbirkorlik bilan odamlarni ishli, daromadli qilayotgan ayollarimizga har qancha rahmat aytsak, arziydi”, dedi Prezident.
Bu yildan kichik biznesga 300 million soʻmgacha kredit berish boshlandi. Endilikda bir yilda yiriklashib, kichik yoki oʻrta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuni 150 million soʻmi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik boʻyicha ham 50 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.
Mutasaddilarga oldingi kreditidan kechikkan qarzi boʻlmagan tadbirkorlarga yangi imtiyozli kredit olish imkonini yaratish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring