Braziliyadagi boʻron: 1,5 milliondan ortiq aholi elektrsiz qoldi
Braziliyaning San-Pauluda kuchli boʻron oqibatida yetti kishi halok boʻldi, bir yarim milliondan ortiq kishi elektr taʼminotisiz qoldi. Bu haqda “MIR 24” xabar berdi.
Gap shundaki bir kun oldin shaharda yomon ob-havo kuzatildi. Shamolning tezligi sekundiga 30 metrga yetdi. Shamol sabab daraxtlar quladi va elektr simlari uzildi. Bir qancha aeroportlar yopilgan. Turli hududlarda suv taʼminotida uzilishlar boshlandi. Shahar hokimiyati aholini suvdan foydalanishni cheklashga chaqirmoqda. San-Paulu Janubiy Amerikadagi eng yirik shahar boʻlib, unda 21 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Tabiiy ofat Braziliya 40-yil ichida birinchi marta duch kelgan eng ogʻir qurgʻoqchilik davrida yuz berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring