Bojxona nazorati tovar, transport vositalari, shaxslarning xavf darajalariga qarab ixtisoslashadi
Endilikda tovarlar rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi ranglarga ajratilgan yoʻlaklar orqali tovar, transport vositalari va shaxslarning xavf darajalari hamda ularga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona nazorati shaklini belgilaydi.
Bunda “yashil yoʻlak” xavf darajasi past boʻlgan tovarlar boʻlib, avtomatik rasmiylashtiriladi. “Sariq yoʻlak” xavf darajasi oʻrta, bojxona nazoratining ayrim shakllari qoʻllaniladi (lekin bojxona va shaxsiy koʻrik bundan mustasno), “qizil yoʻlak” xavf darajasi yuqori, bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari majburiy amalga oshiriladi, “koʻk yoʻlak” bojxona nazorati esa tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan soʻng ishlaydi.
2025-yil 1-oktyabrdan boshlab tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish uchun barcha sertifikat va ruxsatnomalar faqat “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.
2026-yil 1-sentyabrdan esa bojxona qoʻmitasi logistika xizmatlarini oʻz ichiga olgan maxsus axborot platformasini ishga tushiradi. Bundan tashqari, chegara oʻtkazish punktlari yaqinida yangi bojxona terminallari qurilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, bir xil tovarlar uchun bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida fitosanitar va ekologik sertifikatlar, karantin ruxsatnomalari, veterinar ruxsatnomalar hamda muvofiqlik sertifikatlari 1-yil muddatga bir marta taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring