Bojxona brokeri hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish faoliyati takomillashtiriladi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Joriy yilning 28-may kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga bojxona brokeri faoliyatini hamda xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Qayd etildiki, keyingi yillarda bojxona maʼmuriyatchiligini yangi bosqichga olib chiqish, bojxona va yuk operatsiyalarini raqamli transformatsiya qilish orqali inson omilini keskin qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, xalqaro kuryerlik xizmatlari bozori kun sayin rivojlanib bormoqda hamda isteʼmolchilarning hozirgi talablariga moslashishda keng imkoniyatlar yaratish zarurati mavjud. Tahlillarga koʻra, 2021-2023-yillar davomida xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kirib kelgan joʻnatmalarda 1 ming 723 ta holatda bojxona qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.
Shuningdek, bojxona brokeri faoliyatni olib borish uchun ruxsatnoma berish tartibi 2018-yilda bekor boʻlgandan soʻng, import va eksport faoliyati hujjatlarini rasmiylashtirishda yetarli malakaga ega boʻlmagan mutaxassislar (ixtiyoriy shaxslar) tomonidan bojxona deklaratsiyalarini xato toʻldirishlari oqibatida, bojxona toʻlovlarini notoʻgʻri undirish holatlari koʻplab uchramoqda.
Qonun bilan bojxona brokeri va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi belgilanmoqda.
Yaʼni, vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari qatoriga qoʻshimcha ravishda bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarini yetkazib berish faoliyati kiritilmoqda.
Vakolatli organni xabardor etmasdan faoliyatni amalga oshirganlik, shuningdek xabardor qilish tartibida faoliyat yuritish uchun belgilangan talablar va shartlarning bajarilganligi yuzasidan vakolatli organga yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganlik uchun esa jarimalar belgilanmoqda.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring