Boyovutda kadastr muhandisi fuqaroni 2,5 ming AQSH dollariga chuv tushirmoqchi boʻldi

16:22 14 May 2025 Jamiyat
116 0

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida yer hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Departamentning Boyovut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Davlat kadastrlari palatasi Boyovut tuman filiali kadastr muhandisi A.A. fuqaro A.R.ning ishonchiga kirgan.

U A.R.ning “Anorzor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi yashash uyining tomorqasida boʻsh turgan yerga qurilgan uy-joyni rasmiylashtirib berishini aytgan va buning evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan.

Ushbu pulning 2 ming AQSH dollarini A.A. fuqaro N.A. orqali olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qoʻlga olingan. Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi — yaʼni firibgarlik alomati bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер