Boʻstonliqda harbiylar xavfli janjalni bartaraf etdi
Mudofaa vazirligining Boʻstonliq tumani Chorbogʻ qoʻrgʻonidagi harbiy qismning xizmatchilari xizmat vazifalarini bajarish uchun ketayotib, Toshkent—Sijjak avtomobil yoʻlida janjallashayotgan ikki nafar fuqaroni koʻrishgan. Bu haqda Human.uz sayti xabar berdi.
Harbiy xizmatchilar zudlik bilan mashinani toʻxtatib, ularga yaqinlashganida fuqarolardan biri jarohatlangan holatda boʻlgan. Ikkinchisining qoʻlida oʻtkir tigʻli pichoq borligini koʻrishgan. Ular har ikkala fuqaroni bir-biridan uzoqlashtirib, qoʻlga olishgan hamda jarohatlangan fuqaroni Chorbogʻ tez tibbiy yordam boʻlimiga, ikkinchisini esa Ichki ishlar boʻlimiga olib borgan.
Dastlabki soʻrov natijasida olingan maʼlumotlarga koʻra, ayblanuvchi erkak Toshkent shahrida tugʻilgan A.P.ga tegishli avtomobilda yoʻlovchi sifatida Chorbogʻ qoʻrgʻonida joylashgan “Bochka” oshxonasiga olib borib qoʻyishi uchun 200 ming soʻm pul evaziga kelishgan. Manzilga yaqin kelganda fuqaro S.M. Toshkent—Sijjak yoʻlining xilvat joyida mashinani toʻxtatishni buyurgan. Soʻngra shu yerga yana bir hamrohi kelishilgan pulni olib kelib berishini aytgan. Bir oz vaqt oʻtgach, oʻzaro suhbatlashish jarayonida mashinaning orqa oʻrindigʻida oʻtirgan ayblanuvchi fuqaro A.P.ga toʻsatdan pichoq bilan hujum qilib, haydovchi gavdasining orqa qismi va bel sohasiga tan jarohati yetkazgan. A.P. oʻzini himoya qilish maqsadida mashinadan tushib qochayotgan vaqtida harbiy xizmatchilar kelib qolgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring