Boʻston tumaniga yangi hokim tayinlandi

10:29 24 Avgust 2021 Jamiyat
1324 0

Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Unda Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna tasdiqlandi.

Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna 1970-yilda Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini hamda 2005-yilda Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1992-yili Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Savoy qishloq xoʻjalik texnikumida oʻqituvchilikdan vazifasidan boshlagan.

1995-2008-yillarda “Gʻallabank”ning Qoʻrgʻontepa tumani filialida kassir, bosh hisobchi, boshqaruvchi vazifalarida ishlagan.

2008-2012-yillarda Qoʻrgʻontepa tumani “Buyuk turon invest” kredit uyushmasining ijrosi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

2016-yildan tayinlovga qadar Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna Qoʻrgʻontepa tumani “El rizqi non” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?