Boshqaruv samaradorligi agentligi BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlik oʻrnatdi
Foto: Boshqaruv samaradorligi agentligi
Boshqaruv samaradorligi agentligi BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlik oʻrnatdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 27-oktyabr kuni Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi rahbari Ulugʻbek Xusainov hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Oʻzbekistondagi vakili oʻrinbosari Sherzod Umarov uchrashuvi tashkil etilgan.
Uchrashuvda davlat xizmatida boshqaruv samaradorligi va natijadorligini oshirish, davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish, keng qamrovli dasturlar orqali sohaga innovatsiyalarni joriy qilish boʻyicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.
Shuningdek, Boshqaruv samaradorligi agentligi va FAO 'ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan.
Memorandum doirasida:
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida gender tengligi, shu jumladan, ayollarning qishloq joylarda davlat boshqaruv organlarida faoliyatini kengaytirish maqsadida seminar, trening, master-klass, stajirovka dasturlarini amalga oshirish;
• FAO tizimida yosh mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish amaliyotini joriy etish hamda muntazam ravishda xorijiy stajirovkalarga yuborishni tashkil etish;
• viloyat va tumanlarning qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha hokim oʻrinbosarlari uchun davlat xizmatini takomillashtirish, qishloqlarni rivojlantirish, qishloq va suv xoʻjaligini boshqarish boʻyicha maxsus malaka oshirish oʻquv dasturlarini tashkil etish;
• xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda onlayn oʻquv kurslari va modullarini ishlab chiqish va maxsus platformada joylashtirib borish kabi hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring