Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga ham milliy sertifikatlar uchun ustamalar toʻlanishi rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoning 9-bandi (g-kichik bandi)da:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-avgustga qadar:
— “milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxatini;
— taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxatini;
— xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxatini hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini” tasdiqlashi va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash belgilab qoʻyilgan:
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi tayyorlanmoqda.
Mazkur qaror loyihasida boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki matematika fanidan 60 va undan yuqori ball toʻplab olingan milliy sertifikat uchun 20% ustamalar belgilanishi koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring