“Bosh vazir kubogi” anʼanaviy futbol musobaqasi tashkil etiladi
Mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida futbol boʻyicha anʼanaviy “Bosh vazir kubogi — 2021” musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Oʻyinlar joriy yilning 5-noyabridan 10-noyabriga qadar “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda tashkil etiladi.
Hal qiluvchi final oʻyini esa 10-noyabr kuni soat 15.00 da mamlakatimizning bosh arenasi — “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. Ayni vaqtgacha musobaqada qatnashish istagini bildirgan jamoalarning soni 30
Ertaga, 4-noyabr kuni soat 11:00 da Turizm va sport vazirligi (sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi) binosida "Bosh vazir kubogi — 2021» anʼanaviy futbol musobaqasiga qurʼa tashlash marosimi oʻtkaziladi.
Musobaqa Nizomiga koʻra, oʻyinlar 25 daqiqadan ikki boʻlim davom etadi. Har bir jamoa oʻz tarkibiga 15 nafar futbolchini kiritishi mumkin va almashishlar soni cheklanmagan.
Maʼlumot oʻrnida, 2019 va 2020-yillarda oʻtkazilgan “Bosh vazir kubogi” musobaqalarida bosh sovrin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasiga nasib etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring