Bosh prokuror Prezident qarori ijrosini o‘rganmoqda

23:56 08 Aprel 2025 Jamiyat
146 0

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi hamda joylarda kriminogen vaziyatni tahlil qilish faoliyatining tashkil etilishi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganildi.

Xususan, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Qarshi tumanidagi Quyi Beshkent, Qarshi shahridagi Samarqand hamda Koson tumanidagi Mudin mahallarida va "Yangi O‘zbekiston massivi"da qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, “Mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga “ijtimoiy profilaktika”, “namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “namunaviy xavfsiz yo‘laklar”ni tashkil etish, mahallarni to‘liq videokuzatuv bilan qamrab olish, probatsiyada turgan shaxslarni ijtimoiy muammolarini o‘rganish, ishsizlar muammolarini hal etish, maktablarda davomat bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер