Bosh prokuraturaning ishonch telefoni ishlamayaptimi?

11:54 16 Sentyabr 2025 Jamiyat
70 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Bosh prokuraturaning “1007” raqamli ishonch telefoni ishlamayotgani haqida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura izoh berdi.

Unda aytilishicha, yildan yilga murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markaziga qoʻngʻiroq qiluvchilarning soni koʻpaygani hamda texnik sabablarga koʻra ayrim hollarda markaz operatorlari bilan darhol bogʻlanishda bir qator qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Hozirda Bosh prokuratura “Call centr” markazining qisqa raqamli “1007” ishonch telefoni belgilangan tartibda ishlamoqda.

Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida “1007” ishonch telefoni orqali jami 60 mingdan ortiq murojaatlar qabul qilingan hamda koʻrib chiqish uchun tegishliligi boʻyicha yoʻnaltirilgan.

Markaz orqali kelib tushgan ushbu murojaatlarning 20 mingdan ortigʻi bevosita prokuratura organlari tomonidan koʻrib chiqilib, qonuniy hal etilgan. 3 ming 769 ta murojaatlar boʻyicha fuqarolarning masalalari ijobiy hal etilgan.

“Prokuratura organlariga "1007” Ishonch telefonidan tashqari, onlayn rejimda “pm.gov.uz” internet sayti hamda pochta aloqa xizmati orqali ham murojaat etish yoʻlga qoʻyilgan", — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер