“Boqiy bogʻ” Saudiya Arabistonining yangi gigaloyihasi boʻladi
Illyustrativ foto
Saudiya Arabistoni mamlakatni neft markazidan turistik jannatga aylantirish boʻyicha keng koʻlamli strategiyaning bir qismi boʻlgan ulugʻvor “Red Sea” (“Qizil dengiz”) loyihasining yangi elementini taqdim etdi.
Yangi tashabbus “Laxek” nomini olgan va 90 ta oroldan iborat arxipelag tarkibiga kiruvchi mamlakatning gʻarbiy qirgʻogʻidagi xuddi shu nomli orolda amalga oshiriladi.
Loyiha Buyuk Britaniyaning mashhur “Foster + Partners” arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u Saudiya Arabistonidagi 1,6 kilometrlik osmonoʻpar binoni loyihalashda ham ishtirok etadi. Konsepsiya markazida noyob meʼmoriy tuzilishga ega boʻlgan serhasham oʻsimliklar bilan “boqiy bogʻ“ yaratish yotadi.
Asosiy xususiyati “Halqa” boʻladi — diametri 800 metr, atrofi suv bilan oʻralgan sunʼiy inshoot. Uning tarkibida hashamatli apartamentlar va mehmonxonalar joylashadi. Orolning umumiy maydoni 400 gektarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, orolda qoʻshimcha lyuks rezidensiyalar barpo qilish rejalashtirilgan, ularning baʼzilari yogʻochdan boʻladi, shuningdek, bozor, savdo va koʻngilochar zonalar, golf maydonlari va 115 ta yaxtaga moʻljallangan bandargoh tashkil etiladi.
Qurilish ishlari 2028-yilgacha yakunlanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring