Boliviya muzliklari yaqin 20-yil ichida butunlay erib ketishi mumkin

12:22 30 Aprel 2025 Dunyo
222 0

Arxiv foto

Boliviya muzliklari yoʻqolib ketish xavfi ostida va iqlim oʻzgarishi sababli 20-yil ichida butunlay erib ketishi mumkin. Bu fikrlarni Boliviyaning San-Andres shahri Oliy universiteti qoshidagi Gidrologiya va gidravlika markazi tadqiqotchisi Edson Ramires Rodriges aytib oʻtdi.

“Boliviya muzliklari kuniga toʻrt santimetrga yaqin muzni, oyiga bir metrga yaqin qorni yoʻqotayotgani xavotir uygʻotadi”, — deydi ekspert.

Uning qoʻshimcha qilishicha, muzliklarning 80 foizi kichik boʻlib, maksimal chuqurligi 150 metrga yetgan. Hozirgi erish darajasida bu muzliklar xavf ostida va yaqin 20-yil ichida yoʻq boʻlib ketishi mumkin.

“Agar biz hozirgi maʼlumotlarni 1975-yildagi birinchi muzliklar inventarizatsiyasi koʻrsatkichlari bilan solishtiradigan boʻlsak, muzliklarimizning qariyb 60 foizi yoʻqolgan. Va agar biz faqat 2009 va 2024-yillarning oxirgi davrini solishtiradigan boʻlsak, biz hozir yakunlayotgan inventarizatsiyani tuzishda 30 foizga yaqin muzliklar yoʻqolganini tushunishimiz mumkin”, — deydi mutaxassis.

U shu oʻrinda yangi inventar hukumatga iqlim oʻzgarishiga moslashish strategiyasini ishlab chiqishda foydali boʻlishiga umid bildirdi.

Maʼlum boʻlishicha, 1980-yildan beri uzunligi 125 kilometr va kengligi 20 kilometr boʻlgan Kordilera Real togʻ tizmasi iqlim oʻzgarishi tufayli muz qatlamining uchdan biridan koʻprogʻini yoʻqotgan. Millionlab boliviyaliklarning hayoti bevosita muzliklarga bogʻliq. Mamlakat janubida joylashgan La-Pas, Potosi va Oruro yirik shaharlari aholisi qorli And togʻlaridan suv oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?