Bolalarni erta yoshdan rivojlantirish: xalqaro loyiha – amalda

Foto: Xalq so‘zi
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida oʻtgan yili Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi asosida “Ilk rivojlanish markazi” tashkil etilgan edi. Aytish kerakki, oʻtgan qisqa vaqt mobaynida 730 ta oilaning 863 nafar, shu jumladan, markazning oʻzida 14 ta oʻyin guruhi tashkil etish orqali 358 nafar, uyga tashrif modeli boʻyicha esa 276 ta oilaning 302 nafar farzandi maktabgacha taʼlimga qamrab olindi. Ayni paytda 39 nafar alohida (sogʻligi tufayli) taʼlimga muhtoj bola bilan korreksion ishlar olib borilmoqda. Demakki, bu loyiha doirasida 60 ta yangi ish oʻrni yaratilganidan darak. Eng muhimi, “uyga tashrif” modeli boʻyicha chekka va olis hududlarda yashovchi, boz ustiga oilalarning ijtimoiy ahvoli tufayli maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnash sharoiti boʻlmagan bolalarga yakka tartibda taʼlim-tarbiya berilishi alohida diqqat molik. Malakaviy tayyorgarlikdan oʻtgan 40 nafar tarbiyachi oilalarga tashrif buyuradi va ana shu xonadonlarning oʻzida mashgʻulotlarni oʻtkazadi.
Namangan viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun oʻtkazilgan press-turda mazkur markaz faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi. Ishtirokchilar markazdagi shart- sharoitlar, taʼlimga tatbiq etilayotgan oʻquv-metodik qoʻllanmalar, zamonaviy oʻyinchoqlar, umuman olganda, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan barcha sharoitlar, ularning sifat koʻlamlarini koʻzdan kechirdi.
— “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida Kosonsoy pedagogika kolleji bazasida tashkil etilgan ushbu markazda tajriba-sinov tariqasida uch turdagi modelda taʼlim-tarbiya ishlari yoʻlga qoʻyildi — deydi Namangan viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi matbuot kotibi Saidolim Abdurahmonov. — Loyihani amalga oshirish 2020 – 2024-yillarga moʻljallangan. 2023-yilda markazdagi oʻyin guruhlari 20 taga, bolalar qamrovi esa 760 nafarga yetkaziladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring