Bolalar uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi yuzasidan oʻrganish olib borilmoqda
Foto: Illustrativ surat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan “Ogoh boʻling! Bolalar uchun tayyorlangan ozuqani ham aldab sotishyapti” sarlavhali xabar yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qildi:
— hozirgi vaqtda ushbu holat nazoratga olingan boʻlib, Qoʻmita boshqa masʼul tashkilotlar bilan birgalikda oʻrganish ishlari olib bormoqda.
— shuningdek, bolalar uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi yuzasidan Qoʻmita va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan birgalikda oʻzaro nazorat xaridi tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Qoʻmita tomonidan oʻrganish yakunlari boʻyicha, qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring