Bolalar ombudsmani Xorazmda sodir boʻlgan fojia yuzasidan maʼlumot berdi
Joriy yilning 7-iyul kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida 2 nafar voyaga yetmagan, 2009-yilda tugʻilgan S.D va 2010-yilda tugʻilgan B.S. koʻp qavatli uy binosi tomidan sakrab, oʻz joniga qasd qilgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan oʻz kuzatuvini olib borayotganini maʼlum qildi.
“Mazkur ogʻir fojiali holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda va internet OAVlarida turli tasdiqlanmagan, haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar tarqalayotganligi kuzatilmoqda. Hozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda”, — deyiladi ombudsman bayonotida.
Bildirilishicha, oʻtkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki natijalariga koʻra, qizlarga nisbatan hech bir jinsiy zoʻravonlik sodir etilganligi alomatlari aniqlanmagan.
Shuningdek, tekshirish harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanishi maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring