Bola huquqlari sohasidagi ishlar Senat Raisi ishtirokida muhokama qilindi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
2023-yil 23-noyabr kuni Oliy Majlis Senatida Jahon bolalar kunini nishonlashga bag’ishlangan bir haftalik tadbirlar doirasida O’zbekistonning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan bolalar va nodavlat notijorat tashkilotlari (NTT) vakillari, jumladan, nogironligi bo’lgan shaxslar Oliy Majlis Raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Senat Raisi respublikamizda bola huquqlarini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar, erishilgan natijalarga birma bir to’xtaldi. Eng avvalo, T.Narbayeva yurtimizda bolalarni majburiy mehnatga jalb etishga mutlaqo chek qo’yilganligi, ularni uzluksiz ta’lim bilan qamrab olish, tazyiq va zo’ravonlikdan himoyalash borasidagi ishlar jadal olib borilayotganini ta’kidladi.
Shundan so’ng, NNT vakillari, bolalar va yoshlar BMTning Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasining O'zbekiston uchun tavsiyalarini fuqarolik jamiyati va bolalar orasida tarqatishning ahamiyatiga batafsil to’xtaldi.
Uchrashuvda bolalar bilan ishlashda ushbu ma'lumotlar tushunarli shaklda va ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bo'lishi kerakligi alohida aytib o’tildi. Ishtirokchilar har bir bolaning barcha huquqlarini himoya qilish zarurligini aytib, barcha uchun yanada yaxshi dunyoni yaratishda bolalar va yoshlar ishtirokining o'zgartiruvchi kuchi haqida ma'lumot tarqatish bo'yicha faoliyatni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Shundan so’ng, yaqinda o’tkazilgan U-Report so’rovi natijalarini taqdim etildi. Unda 1800 dan ortiq respondentlar bola huquqlarini amalga oshirish bo’yicha o’z fikrlarini bildirgan.
So’rov natijalariga muvofiq, respondentlarning to’rtdan bir qismidan ozrog’i (22%) bola huquqlari buzilgan taqdirda, ularni qanday himoya qilishni biladi. Ba’zi bolalar o’z huquqlari haqida gapirishdan uyaladilar (16%) yoki o’z huquqlarini himoya qilishga harakat qilsalar, jazolanishdan qo’rqadilar (13%). Bolalarning 60 foizidan ortig’i, agar ularning huquqlari u yoki bu sabablarga ko’ra buziladigan bo’lsa, o’z huquqlarni himoya qila olmasliklarini aytishgan.
Senat majlisining yosh ishtirikchilari bolalarning eng ko’p buziladigan huquqlari yuzasidan o’z fikrlarini bildirib, hukumat va parlamentga bir qator takliflarini bayon qildilar. Bolalar ham, NNT vakillari ham maktabga bormaslik, iqlim o’zgarishi va atrof-muhit, bolalarning yo’llardagi xavfsizligi, oiladagi zo’ravonlik va o’smirlarning ruhiy salomatligi masalalariga urg’u berdilar.
Boshqa masalalar qatorida, ular raqamli dunyoda bolalar huquqlarini belgilovchi BMTning Bola huquqlari bo'yicha qo'mitasining 2021 yildagi 25-son umumiy sharhini amalga oshirish muhimligini ham ta’kidladilar.
Yuqorida qayd etilgan U-Report so’rovlari shuni ko’rsatadiki, qishloq joylarda respondentlarning 70 foizi, shahar va viloyat markazlarida yashovchi respondentlarning 85 foizi internetdan bepul foydalanish imkoniyatiga ega. Senatdagi yig‘ilishning yosh ishtirokchilari internetdagi zararli saytlarga blok qo’yish hamda internetda bolalar xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratishni so‘radilar.
NNT vakillari va yoshlar bola huquqlari bilan bog’liq masalalarning muhokamalarida, xususan, qonunchilik va ma’muriy qoidalarni ishlab chiqish hamda ularni amalda tabdiq etish bosqichlarida muntazam ishtirok etish istagini bildirdilar.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring