Bola huquqlari boʻyicha vakil: Bolalarga nisbatan zoʻravonlikni toʻxtating!
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 29-mart kuni nomaʼlum ayol farzandlariga ozor berayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoraqalpogʻistonda ayol turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro kelishmovchilik sababli, ikki qizini ayovsiz doʻpposlab, ularga azob berib kelgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Biz jamiyat sifatida bu haqiqatni qabul qilmasligimiz kerak. Biz ota-onalarning farzand tarbiyasi uchun masʼuliyatini kuchaytirishimiz, bolalarni shafqatsiz muomala va zoʻravonlikdan asrash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak.
Biz nafaqat kuzatamiz, balki darhol vakolatli organga murojaat qilamiz va qanday choralar koʻrilayotganini nazorat qilamiz. Eʼlon qilingan videoni koʻrishim bilanoq, bu videoni Respublikamizda tashkil etilgan Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasining telegram kanaliga yubordim. Chunki ushbu organ u bolalarni himoya qilish, ota-onalarini javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning kelajakdagi taqdiri bilan bogʻliq barcha masalalar bilan bevosita shugʻullanadi.
Hozirda onaga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgani haqida maʼlumot berildi. Lekin shu bilan birga, hech narsa ota-onalar tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlikni oqlay olmaydi.
Zoʻravonlik nafaqat bolalarning omon qolishi va sogʻligʻiga, balki ularning hissiy farovonligi va kelajak istiqbollariga ham tahdid soladi. Agar bola erta yoshda, tana va miya rivojlanishining muhim bosqichida zoʻravonlikni boshdan kechirgan yoki guvohi boʻlgan boʻlsa, salbiy oqibatlar qaytarilmas boʻlishi mumkin.
Zoʻravonlik bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligiga taʼsir qiladi, ularning taʼlim olish va ijtimoiylashuv qobiliyatini pasaytiradi, psixologik jihatdan sogʻlom voyaga yetishishlari va yaxshi ota-onalar boʻlib shakllanishlariga toʻsqinlik qiladi.
Afsuski, oilada bolalarga nisbatan zoʻravonlik, ijtimoiy norma hisoblanib qolmoqda. Koʻpincha uning oqibatlari muhokama qilinmaydi. Farzandni tarbiyalash uchun zoʻravonlik zarur, jismoniy kuch jazo sifatida ishlatilishi mumkin, deb hisoblaydigan ota-onalar bor.
Ota-onalarning turmush sharoitining ogʻirligi, qashshoq va kambagʻalligi, ularning spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishi va oʻz farzandlarini tashlab ketishi hamda migratsiyasi bolalarning qarovsizligi, tahqirlanishi yoki ekspluatatsiyasi xavfini oshiradi.
Bolalar zoʻravonlik holatlari haqida gapirmaydilar va shuning uchun kamdan-kam hollarda kerakli yordamni olishadi.
Oʻzbekiston bolalar huquqlarini, shu jumladan, favqulodda vaziyatlarda himoya qilishga sodiqligini namoyish etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya 1992-yil 9-dekabrida ratifikatsiya qilindi. Davlat oʻz zimmasiga mazkur xalqaro hujjatda qayd etilgan bolalarning barcha huquqlarini, shu jumladan, jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonliklardan, qiynoqqa solishlardan yoki shafqatsizlik, qoʻpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakllardagi muomaladan, himoya qilish majburiyatini oldi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunida bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida (4-modda) bolaning hayoti va
Shu bilan birgalikda, ushbu qonunda davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrishi (7-modda), har bir bola oʻz shaʼni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga egaligi, davlat jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qoʻpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan himoya qilinishini amalga oshirishi belgilangan.
Yaqinda YUNICEF Bolalar huquqlari boʻyicha vakil bilan hamkorlikda trening tashkil etdi. U “Oʻzbekistonda bolalarni himoya qilish sohasida favqulodda vaziyatlarga tayyorlikni oshirish” keng koʻlamli loyihasining bir qismi boʻldi.
Bunda Bolalarni himoya qilish masalalari
Bizga yoki ommaviy axborot vositalarida bolaga nisbatan zoʻravonlik yoki shafqatsiz munosabatda boʻlgan bironta ham holat bizning eʼtiborimizdan chetda qolmaydi!
Eng yomoni, bolaning huquqlari, afsuski, reallik koʻrsatganidek, ota-onalar va boshqa yaqin qarindoshlar tomonidan poymol etilmoqda.
Shu oʻrinda Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xususiyatidan kelib chiqib masʼul organlarni (prokuratura, ichki ishlar, sogʻliqni saqlash, taʼlimni boshqarish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya, Bolalarni himoya qilish masalalari
Ayniqsa, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishi va tarqatilishi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishidan oldin masʼul organlarga xabar berilishi maqsadga muvofiq boʻlardi. Chunki bolalar mavzusining ommaviy axborot vositalarida yoritishning oʻziga xos etikasi va qonun-qoidalari, talablari bor. Jabrlangan bolalarni tanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar berilmasligi kerak.
A. YUNUSOVA,
Bola huquqlari boʻyicha vakil.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring