Boku va Sankt-Peterburg futbol boʻyicha Yevropa chempionati mezbonlari safidan chiqarilishi mumkin
Ozarbayjonning Boku va Rossiyaning Sankt-Peterburg shaharlari kelgusi yili futbol boʻyicha boʻlib oʻtadigan Yevropa birinchiligi mezbonlari safidan chiqarilishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Sun nashri xabar berdi.
“UYEFA 2021-yilgi chempionatni ilgari rejalashtirilganidek 12 ta shaharda oʻtkazib boʻlmasligini tan olyapti. Hozirgi kunda Armaniston bilan ixtilof holatidagi Ozarbayjonning Boku va Rossiyadagi Sankt-Peterburg roʻyxatdan chiqariladigan dastlabki shaharlar boʻlib turibdi”, deb yozadi gazeta.
Ayni paytda Rossiyadagi pandemik vaziyat Sankt-Peterburgni mezbonlar qatoridan chiqarish uchun sabab sifatida koʻrsatib oʻtilgan.
Xabaringiz bor, joriy yil oʻtkazilishi kerak boʻlgan qitʼa birinchiligi pandemiya tufayli kelgusi yilga qoldirilgan edi. Oʻyinlarni 11-iyundan 11-iyulga qadar Boku, Budapesht, Myunxen, Kopengagen, Dublin, Bilbao, Rim, Amsterdam, Sankt-Peterburg, Buxarest, Glazgo va London shaharlarida oʻtkazish moʻljallanayotgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring