Boksdan velosportgacha: 4-avgustda yurtdoshlarimiz Parij Olimpiadasidagi tavqimi qanday?
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
“Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlarining 4-avgust kuniga rejalashtirilgan oʻyinlar doirasida 3 ta sport turi boʻyicha6 nafar hamyurtimiz oʻz ishtirokini oʻtkazadi.
Kunni soat 14:00 dan keyin yengil atletika boʻyicha bahslarda qatnashadigan yurtdoshimiz Anvar Anvarov boshlab beradi. Ushbu sport turida finalda qatnashadigan hamyurtimiz ham bor. Safina Saʼdullayeva balandlikka sakrash dasturining “V” guruhida 1,95 metr natija qayd etib finalga ega chiqqandi.
Velosportdagi birinchi kun omadsiz oʻtgan boʻlsa ham, 17:00 da boshlanadigan bahslarda umid bor. Garchi kuchli sportchilarga qarshi chiqishsada, Olga Zabelinskaya va Yanna Kuskovaga omad tilaymiz.
Boksda ikkita yarim final bahsini oʻtkazamiz. Bu esa juda masʼuliyatli kun ekanligini anglatadi. Dastlab, 19:50 da Hasanboy Doʻsmatov Kabo Verde vakili Daniyel David Varela de Pinaga qarshi ringga koʻtariladi. Ikkinchi yarimfinal esa -92 kg vazn toifasidagi Lazizbek Mullojanov 20:40 da tojikistonlik Davlat Boltayev oʻrtasida boʻlib oʻtadi.
“Xalq soʻzi” barcha sportchilarimizga omad va muvaffaqiyat tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring