Boks JCH: Shahobiddin Zoirov mezbon bokschini magʻlubiyatga uchratdi

18:47 29 Oktyabr 2021 Sport
1469 0

Foto: Oʻzbekiston boks federatsiyasi

Serbiyaning Belgrad shahrida davom etayotgan boks boʻyicha jahon chempionatida Shahobiddin Zoirov (-54 kg) birinchi jangini mezbon sportchi Tamir Galanovga qarshi ringga oʻtkzib, ishonchli gʻalabaga erishdi.

Ushbu bahsdan soʻng hamyurtimiz oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Ilk jangdanoq mezbon bokschiga qarshi jang qilish biroz qiyin. Albatta, har bir narsani oʻz qiyinchiligi bor. Lekin oʻzimni qoʻlga olib, murabbiylarimiz bergan koʻrsatmalarni toʻgʻri bajarishga intildim va gʻalabaga erishdim. Murabbiylar raundlar oraligʻida hisobni aytib turgan boʻlsalarda, yaxshiroq jang koʻrsatishga undashdi”, deydi Shahobiddin Zoirov.

Shahobiddin Zoirov 2016-yil Rio-de-Janeyro oʻtkazilgan yozgi Olimpiada oʻyinlari va 2019-yil Yekaterinburgda tashkil etilgan jahon chempionatida oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

Bugun yana uch nafar bokschimiz ringga koʻtariladi:

-92 kg: Madiyar Saidraximov - Vladislav Smaxlikau (Bolgariya) (19:15dan soʻng)

-60 kg: Abdumalik Xalakov - Jasin Lyama (Makedoniya) (21:25 dan soʻng)

-71 kg: Shahram Gʻiyosov - Aslanbek Shimbergenov (Qozogʻiston) (23:00dan soʻng)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?