Boks boʻyicha Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi musobaqalar taqvimi eʼlon qilindi

10:27 28 Avgust 2023 Sport
907 0

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi boks boʻyicha Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi musobaqalar taqvimini rasman eʼlon qildi. Unga koʻra, hamyurtlarimiz quyidagi litsenzion musobaqalarda Olimpiada yoʻllanmalari uchun kurash olib borishadi:

1. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari
Musobaqa sanasi: 2023-yil, 23-sentyabr – 8-oktyabr
Oʻynaladigan litsenziyalar soni: 34 ta (14 ta erkaklar va 20 ta ayollar vazn toifalarida)

2. Busto-Arsitsio (Italiya) jahon litsenzion turniri
Musobaqa sanasi: 2024-yil, 29-fevral – 12-mart
Oʻynaladigan litsenziyalar soni: 49 (28+21)

3. Bangkok (Tailand) jahon litsenzion turniri
Musobaqa sanasi: 2024-yil, 23-may – 3-iyun
Oʻynaladigan litsenziyalar soni: 51 (28+21).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер