Boysundagi kon voqeasi: 2 kishi vafot etdi, jarohatlanganlar bor
Xabaringiz bor, Boysundagi “Mustaqillikning 25-yilligi” gaz konida 17-sentyabr kuni yana vodorod sulfid gazi sizib chiqishi yuz berdi. Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining matbuot anjumanida maʼlumot berildi.
Anjumanda Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi Oʻktam Oʻtayevning maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida vafot etganlar bor.
«Voqea joyiga viloyat prokurorining shaxsan oʻzlari chiqqan, tuman prokuraturasi hamda tegishli mutaxassislar ishtirokida tergov tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda. Bu texnogen holat boʻlganligi uchun ham mutaxassislarning xulosasiga asoslangan holda qonuniy qaror qabul qilinadi. Aytish kerakki, birinchi navbatda Hukumat komissiyasi joyga chiqqan va hududdagi bir necha qishloq aholisi evakuatsiya qilingan. Har bir holat davlat tomonidan nazoratga olingan.
Oʻlim holati boʻlgan. 2 nafar shaxs oʻlgani toʻgʻrisida xabar bor. Tan jarohati olgan holatlar ham bor. Hozirda tergovoldi harakatlar amalga oshirilmoqda. Natijasi haqida maʼlumot beramiz», deydi Oʻtayev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring