Bogʻchalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilar oyligi oʻqituvchilar oyligiga tenglashtiriladi
“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2023/2024 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich:
— maktablarning 1–4-sinflarida oʻquvchilarga boshlangʻich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos oʻquv dasturlari va oʻquv-metodik majmualar joriy etiladi;
— baholashning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda oʻquvchining oʻtilgan mavzuni amaliyotda qoʻllay olishi, tanqidiy fikrlash va tahlil koʻnikmalari baholanadi;
— boshlangʻich sinflarda informatika, oʻrta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari oʻtiladi;
— barcha fanlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.
2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.
Bunda 2023/2024 oʻquv yilidan oʻqituvchilar stajyor-oʻqituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.
2024-yil 1-yanvardan davlat bogʻcha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.
2024-yil 1-iyundan bogʻchalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilarning oyligi maktab oʻqituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring